Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kiber olamdagi xatarlar – dolzarb muammo

26 May 2022, 22:07

3529

Axborot texnologiyalarning jadal rivojlanib borayotgani kiber olamdagi xavf-xatarlarni ham yuzaga keltirmoqda. Ma’lumotlarga köra, birgina 2020-yilda xakerlik hujumlari tufayli jahon iqtisodiyoti trillion dollardan ziyod zarar körgan va yildan-yilga oşib bormoqda.

Içki işlar vazirligi akademiyasi mezbonlik qilgan anjumanda kiberxavfsizlikni ta’minlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Unda “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi, Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi hamda Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv hamkorligi boşqarmasi Kiberxavfsizlik markazi vakillari, şuningdek ta’lim muassasasining Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-öqituvçilari, ilmiy tadqiqotçilar va kafedra qoşida taşkil etilgan tögarak faollari iştirok etdi.

Tadbirni Akademiya boşliğining axborot texnologiyalarini rivojlantiriş böyiça örinbosari, mayor Jamşid Isroilov oçib, mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarga töxtaldi.

Qayd etilganidek, kiber jinoyatlarga qarşi kuraşiş masalasi dolzarb ahamiyat kasb etayotgan hozirgi murakkab davrda fuqarolarning internetdan foydalaniş madaniyatini oşiriş, axborot xavfsizligi va kiber jinoyatlarga qarşi kuraşişning samarali mexanizmlarini yaratiş borasida tizimli işlar qilinmoqda. Sohani rivojlantiriş kiberxavfsizlikni ta’minlaş faoliyatiga ilğor mexanizmlarni keng tatbiq etiş barobarida, tizim uçun yetuk malakali kadrlar tayyorlaşni taqozo etmoqda. Bu borada ta’lim muassasasida öqitişning samarali yondaşuvlari yölga qöyilgan bölib, yoşlarning IT-texnologiyalardan foydalaniş böyiça bilim va amaliy könikmalari oşirib kelinmoqda.

Anjumanda soha mutaxassislarining “Internetda qonunçilik talablarini buziş holatlariga qarşi kuraşişda vazirlik va idoralarning özaro hamkorlik masalalari”, “Kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarni axborot texnologiyalari yordamida foş etişning öziga xos xususiyatlari”, “Kiberxavfsizlikni ta’minlaş va kiberjinoyatçilika qarşi kuraşiş” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi, tizim oldidagi dolzarb muammolarning yeçimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech