IIV akademiyasi huzuridagi Xalqaro o‘quv-metodik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan tadbirda Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjonning turdosh oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatnashdi.
Yig‘ilishni akademiya boshlig‘i Rustam Xatamov kirish so‘zi bilan ochib, jahonda globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan hozirgi shiroitda o‘quv-medotik kengash faoliyatining dolzarb ahamiyati, hamkorlikni rivojlantirish borasida istiqboldagi vazifalarga to‘xtaldi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar qizg‘in muhokama qilindi. Ishtirokchilarga o‘tgan davr mobaynida erishilgan natijalar bilan birga, joriy o‘quv yilida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. IIV akademiyasi vakillaridan tashqari, Belarus IIV akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Bashan, Tojikiston IIV akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari R. Rahmatjonzoda, Rossiya Federatsiyasi IIV Barnaul yuridik universiteti boshlig‘i o‘rinbosari I. Botvin, Hindistonning Rashtriya Raksha universiteti professori S. Gosvami va boshqalarning chiqishlari, faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan takliflari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida muhim qarorlar qabul qilindi. Tomonlar xalqaro tajriba almashinuvini kuchaytirish innovatsion ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘l ochishini ta’kidlagan holda hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati