Poytaxtimizning Chilonzor tumanida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mutasaddilari, “Novza”, “Chilonzor”, “Qozirobod”, “Beshchinor” va “Ko‘tarma” mahallalari vakillari hamda IIV akademiyasi mas’ullari qatnashdi.
Yig‘ilishda mazkur mahallalarning kriminogen vaziyati, sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning asl omillari, jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan ishlar va mavjud muammolar muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining qarori asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib, kriminogen vaziyatni tubdan yaxshilash borasida taklif va tavsiyalarini berdi. Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish eng ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlanib, tizim natijadorligini oshirish, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, aholi bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, tadbirda akademiya vakillari ham so‘zga chiqib, “mahalla yettiligi” faoliyatini takomillashtirishda ilmiy-amaliy medotik ko‘rsatish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati