Ta’limni amaliyotga tatbiq etish yuksak samara beradi. IIV Akademiyasining “jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlari egallagan bilimlarini bazaviy amaliyotda sinash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Ichki ishlar vazirligi Probatsiya boshqarmasi, Toshkent shahar IIOFMB Probatsiya bo‘limi hamda Toshkent viloyatida joylashgan 7-sonli jazoni ijro etish kaloniyasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga sohaning malakali mutaxassislari jalb qilindi.
Kursantlar ozodlikdan marhum qilish bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm etilgan mahkumlar bilan protsessual hujjatlarni yuritish tartibi, kaloniyalarda rejimni tashkil etish, mahkumlarni axloqan tuzatish va tarbiyalashga yo‘naltirilgan profilaktika choralar, mahkumlar mehnatini qonunchilik normalari asosida tashkil etish, muassasa turiga qarab ularni turli sharoitlarda saqlash borasida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamladilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati