Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dual ta’lim – o‘qitishning samarali tizimi

14 Oktyabr 2025, 09:10

43

Ta’limga ilg‘or yondashuvlarni keng joriy qilish har bir sohani yetuk salohiyatli kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Bugungi kunda IIV akademiyasi kursantlari dual ta’lim tizimi asosida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallab kelishmoqda. Ayniqsa poytaxtimiz ichki ishlar organlarida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar nazariya va amaliyotni mos ravishda o‘zlashtirish, kelgusi faoliyatga qisqa fursatda moslashishga xizmat qilmoqda.

O‘quv dargohi rahbari Rustam Xatamov Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida bo‘lib, kursantlar ishtirokida o‘tayotgan amaliy mashg‘ulotlar bilan tanishdi.

Tanishuv chog‘ida dual ta’limni samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mashg‘ulotlarning o‘quv jarayoni bilan muvofiqligi, kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning “xodim yordamchisi” sifatidagi kundalik faoliyati va boshqa jihatlar o‘rganildi. Yangi tizimning imkoniyatlarini kengaytirish xususida mas’ullar bilan fikr almashildi. 

“Dual shaklda o‘qitishni keng joriy qilishdan maqsad tizimda yo‘lga qo‘yilgan “ta’lim klasteri”ning natijadorligini oshirishdir. Shu bois, amaliy mashg‘ulotlar paytida zarur ko‘nikmalarni puxta o‘rgatib, kursantlarni kasbiy yo‘naltirib borishimiz kerak. Chunki bu yoshlar ertaga tayyor xodim bo‘lib amaliyotga yo‘l oladi”, – dedi akademiya boshlig‘i

Shu kuni tegishli rahbarlarga xizmat intizomini mustahkamlash, murabbiy va kursantlar o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash, mashg‘ulotlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish zarurligi aytildi.

“Mahallalarning kriminogen vaziyatini o‘rganish jarayonida yangidan-yangi jinoyatlar paydo bo‘layotganiga guvoh bo‘layapmiz. Kursantlarimiz hozirdan shunga tayyor bo‘lishlari, yuqori malakali mutaxassis sifatida tizim samaradorligiga hissa qo‘shishlari kerak”, – dedi akademiya boshlig‘i.

Muloqot davomida kursantlarga zarur tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech