Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IQTIDORLI KURSANTLAR KENGASHI ILG‘OR TASHABBUS VA TAKLIFLAR MINBARIGA AYLANMOQDA

14 May 2022, 09:05

1350

Yoshlarga zamonaviy ta’lim berish, ularning iqtidor va salohiyati ro‘yobga chiqarish, g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Iqtidorli kursantlar kengashi faoliyat boshlagan edi. Kengash a’zolari bilan o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda o‘tgan davr mobaynida erishilgan yutuqlar va istiqboldagi muhim vazifalar qizg‘in muhokama qilindi.

Uchrashuvda Akademiya boshlig‘i Rustam Xatamov so‘z olib, kengashning bir yillik faoliyatini tahliliy sarhisob qildi. Qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida kengash faollarining tashabbuslari asosida ta’lim maskani hayotiga qator yangilanishlar joriy qilindi.

Davlatimiz rahbarining besh muhim tashabbusi doirasida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik tarbiya va sport yo‘nalishida 20 ta yangi to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Axborot-resurs markazida qoshida “Buyuk sohibqiron Amir Temur” hamda “Turon qoploni – Jaloliddin Manguberdi” sinfxonalari barpo etilib, elektron zallar qo‘shimcha internet tarmog‘iga ulangan 200 ta zamonaviy kompyuter bilan jihozlandi.

Xorijiy tillar, axborot texnologiyalari, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha fakultativ mashg‘ulotlar, shuningdek kursant qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsasida o‘quv kurslari tashkil etildi. Kursantlarning bazaviy amaliyot mashg‘ulotlari, turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, ko‘rik-tanlov va sport musobaqalari soni sezilarli ko‘paytirildi. Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Bilim olishga intiluvchan, fidoyi va tashabbuskor yoshlarni rahbatlantirish maqsadida “Iqtidorli kursant”, “Cho‘lpon” ko‘krak nishonlari ta’sis etildi. Kursantlarning ota-onasi va o‘zi o‘qigan ta’lim maskanlariga minnatdorchilik xatlari yuborish, jamlovchi ichki ishlar organlariga lavozimga tayinlashda ustunlik berish to‘g‘risida tavsiyanomalar kiritish  kabi yangiliklar joriy qilindi.

Uchrashuvda kengash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. Akademiya boshlig‘i ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, yoshlarni ezgu maqsad sari birlashtirish va zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanishda guruh yetakchilarini yanada faol bo‘lishga chaqirdi. Kengash yoshlar taklif va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda asosiy minbarga aylanishi zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Samimiy muloqot chog‘ida kursantlar tomonidan muhim tashabbuslar ilgari surildi. Kengash a’zolari nomidan 205-guruh kursanti Sevara Fayzullayeva, 220-guruh kursanti Muhammadmirzoxon A’loxonov, 223-guruh kursanti Iroda Hasanovalar so‘zga chiqib, yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar uchun minnardorlik bildirishdi. Shu kuni iste’dodli yoshlarning ilk she’riy to‘plami taqdimoti ham o‘tkazildi. Ta’lim maskani rahbari iqtidor egalarining kelgusidagi faoliyatiga barkamollik tilab, yoshlarni “Ilhom va ijod zavqi” deb nomlangan mazkur to‘plam hadma Otabek Hasanovning “Liderlar kitobi” risolasi bilan taqdirladi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech