Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Amaliy ko‘nikma – kasbga moslashuvning muhim omili

21 Oktyabr 2025, 09:10

54

IIV akademiyasi boshlig‘i dual ta’lim asosida tashkil etilayotgan amaliyot jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumki, ta’limdagi innovatsion yondashuvlar kadrlar tayyorlashning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Bu borada dual shaklda o‘qitish ancha samarali bo‘lib, u orqali nazariya va amaliyot uyg‘unligi ta’minlanadi, ta’lim oluvchi hozirdanoq zarur ko‘nikmalarni egallab boradi.

Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida ayni jihatlarga e’tibor qaratildi. Kursantlar bilan olib borilayotgan kunlik mashg‘ulotlar o‘rganilib, ularning natijalari yuzasidan fikr almashildi.

Aytish joizki, hozirda boshqarma tasarrufidagi bo‘linmalarda tezkor qidiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ekspert-kriminalistika, probatsiya, xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash hamda raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati ixtisolik yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyot tashkil etilmoqda. Kursantlarning xodim yordamchisi sifatida tajribali murabbiylarga biriktirilgani kasbiy moslashuv jarayonlarini ta’minlamoqda.

Akademiya boshlig‘i kursantlar bilan muloqot qilib, yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Yangi tizimning afzalligi va kelgusidagi ahamiyatiga to‘xtaldi. “Yaqin-yaqingacha bunday imkoniyat bo‘lmagan. Kursantlar faqat nazariy bilim olib, qisqa muddatli amaliyotlarga jalb qilingan. Prezidentimiz tashabbuslari bilan joriy etilgan yangi tizimdan unumli foydalanib, bilim va ko‘nikmangizni birgalikda mustahkamlab borishingiz zarur”, – dedi ta’lim maskani rahbari.

Uchrashuvda mas’ullarga yoshlar bilan samarali ishlash, ilg‘or ish uslublarini yo‘lga qo‘yish, ustoz-shogirdlik an’analarini davom ettirish, xizmat intizomini ta’minlash borasida tavsiyalar berildi. Kursantlarning kasbiy shakllanishi tizim faoliyatida, islohotlar samarasida muhim ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech