Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Murojaatlar bilan ishlashga bag‘ishlandi

21 Oktyabr 2025, 08:10

48

IIV akademiyasida ichki ishlar organlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Vazirlik Tashkiliy departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda “tashkiliy-shtab faoliyati” ta’lim yo‘nalishi kursantlari hamda ixtisoslik kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar murojaatlar bilan ishlash tartibi, ayni jarayonda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari, murojaatlar bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari, javobgarlikni keltirib chiqaruvchi holatlar va boshqa muhim jihatlarga to‘xtalib o‘tishdi.

Ochiq muloqot chog‘ida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga amaliy tavsiya va javob oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech