Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ta’lim taraqqiyotning yagona yo‘li

22 Oktyabr 2025, 09:10

37

IIV akademiyasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Magistratura tinglovchilari, professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tgan tadbir Yangi O‘zbekistonda ta’limga qaratilayotgan ulkan e’tibor va soha oldida turgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi.

Uchrashuv avvalida akademiya rahbari Rustam Xatamov so‘z olib, ta’lim muassasasi faoliyatidagi ijobiy o‘zgarishlar, zamonaviy yondashuvlar, asosiy sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha erishilayotgan natijalarga to‘xtaldi.

Tadbirda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar xususida so‘z bordi. Keyingi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’lim siyosati yangi bosqichga olib chiqilgani, sohani rivojlantirishning strategik maqsad va yo‘nalishlari belgilab berilgani, ta’lim mamlakatimizda eng muhim sohalardan biriga aylangani aytib o‘tildi.

Inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar samarasida yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi 42 foizga yetgani, bugunga kelib yurtimizdagi 202 ta oliygohda 1,5 million nafar yoshlar ta’lim olayotgani e’tirof etildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tizimda raqobatbardoshlikni oshirish, ta’lim integratsiyasini kuchaytirish, oliy o‘quv muassasalarida zamonaviy boshqaruv modellarini joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, har qanday raqobatga bardosh bera oladigan yetuk mutaxassislar tayyorlash dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. 

Uchrashuvda yoshlar jinoyatchiligi masalasiga ham to‘xtalindi. Zamonaviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda yoshlar ma’naviyatini asrash, ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yosh avlodning huquqiy madaniyatini oshirish muhimligi, bu borada IIV akademiyasi vakillari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar ijobiy natija berayotgani aytildi.

Tadbirdan so‘ng Qo‘ng‘irotboy Sharipov akademiyada yo‘lga qo‘yilgan innovatsion yondashuvlar bilan tanishib, ta’limni raqamlashtirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, ichki ishlar tizimi uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash jarayonlarini e’tirof etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech