Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yoşlarga töğri yöl körsatuvçi film

24 Oktyabr 2025, 22:01

2049

Poytaxtimizdagi Milliy kino san’ati saroyida IIV akademiyasi buyurtmasi bilan suratga olingan “Hayot akademiyasi” filmining premyerasi bölib ötdi.

Tadbirda taniqli kinoarboblar, madaniyat namoyandalari, içki işlar tizimi faxriylari, film ijodkorlari va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Kartina ikki döstning taqdir yöllari haqida hikoya qiladi. Voqealar rivoji hayot söqmoqlarida töğri qadam taşlaşga, yoşlik onlarining qadriga yetişga, kelajak maqsadlar sari intilib, turli illatlardan ogoh bölişga çorlaydi.

Yana bir jihati, filmda insonga xos ruhiy keçirmalar yorqin tarzda oçib berilgan. Boş qahramon Erkinning hissiyotlarini yengib, özini özgartirişga kuç va iroda topa olgani, Içki işlar vazirligi akademiyada toblanib, çinakam mard, ahdiga sodiq va jasur inson bölib ulğaygani har bir tomoşabin, ayniqsa yoşlarni vatanparvarlikka undaşi, şubhasiz.

Premyeradan söng filmning tarbiyaviy jihatlari e’tirof etildi. Yangi kartina ötkinçi havaslarni hayot mazmuni deb bilgan, mehnat va maşaqqatdan özini yiroq tutuvçi, özi va yaqinlarining taqdiriga befarq ayrim yoşlar uçun ezgulikka da’vatkor film bölgani ta’kidlandi.

Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantiriş markazi bilan hamkorlikda suratga olingan film barçaga manzur böldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech