Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tmoqda

06 Avgust 2024, 06:08

333

IIV Akademiyasi tomonidan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari lageri” o‘quv yig‘inlari tashkil etilmoqda.

Shahrisabz tumanida joylashgan “Guliston bolalar oromgohi”da viloyatning voyaga yetmagan yosh o‘g‘il va qizlari uchun tashkil etilgan o‘quv yig‘inlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Mazkur o‘quv yig‘iniga 14-16 yosh toifasida bo‘lgan voyaga yetmaganlar jalb etilib, ular bilan besh kunlik o‘quv dasturi asosida akademiyaning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan motivatsion uchrashuvlar, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, aqliy mashqlar, shuningdek, Vatanparvarlik ruhidagi kinofilmlar namoyishlari tashkil etilmoqda.

 

 IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech