Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlar ochiq osmon ostida bellashdilar

06 Avgust 2024, 09:08

557

IIV O‘quv-dala markazida akademiya kursantlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini kuchaytirish va bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi tomonidan tashkil qilingan musobaqada Akademiya kunduzgi ta’lim 1-o‘quv kursi kursantlari ishtirok etdi. Kursantlar sportning voleybol, tosh ko‘tarish, arqon tortish va armrestling turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Qizg‘in bahslarga boy o‘tgan musobaqa yakuniga ko‘ra, birinchi va oltinchi otryad kursantlari yaxshi natijalarni qayd etishdi.

 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech