Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlar bilan uchrashuv

06 Avgust 2024, 09:08

957

IIV O‘quv-dala markazida Akademiya kunduzgi ta’lim bakalavriatining birinchi o‘quv kursiga qabul qilingan kursantlar bilan motivatsion uchrashuvlar tashkil etildi.

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” konseptual g‘oyasi asosida tashkil etilgan uchrashuvda Akademiya magistraturasi tinglovchilari kursantlar safiga yangi qabul qilingan yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida, ularning tanlagan kasblari nechog‘lik mashaqqatli shu birga sharafli ekanini ta’kidlab o‘tdilar.

Ta’lim muassasasida kursantlarning o‘qib, bilim olishlari uchun zamon talablariga to‘la mos keluvchi barcha shart-sharoitlarning yaratilganligi, ularning faqatgina yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib, o‘z ustilarida tinimsiz izlanishlari, yetuk malakali kadrlar bo‘lib shakllanishlari uchun ustoz va murabbiylarning o‘gitlariga to‘liq amal qilishlari aytildi.

Kursant qizlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda psixologlar, tibbiyot xodimlari hamda amaliyotda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha faoliyat olib borayotgan xodimalar ishtirok etib, ichki ishlar organlarida xotin-qizlar bilan ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil chora-tadbirlar, kursant qizlarni turmushga tayyorlash masalalari tushuntirildi. Qizg‘in muloqot davomida qizlar zarur psixologik va tibbiy maslahatlar olishdi.

Tadbir Prezidentimizning besh muhim tashabbusi asosida tashkil qilingan kitob yarmarkasi bilan davom ettirildi. O‘zbek milliy adabiyotining eng sara namunalari, jahon adabiyoti durdonalari, qolaversa, yuridik sohaga oid turli-tuman qo‘llanmalar kitob mutolaasiga qiziquvchilar uchun ayni muddao bo‘ldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech