Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

YOSHLARIMIZ YUKSAK BILIMLI VA ISLOHOTLARGA DAXLDOR BO‘LSHI KERAK

13 Fevral 2025, 07:02

46

IIV akademiyasi boshlig‘i Ichki ishlar vazirligining Navoiy viloyatidagi akademik litseyi yoshlari bilan uchrashdi.

Akademik litseyda o‘tgan uchrashuv oldidan Rustam Xatamov ta’lim-tarbiya jarayonlari, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ularning vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, tizim uchun munosib kadrlar etib tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Akademiya boshlig‘i mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, yurtimiz yoshlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarga to‘xtaldi. Bugungi murakkab davrda yoshlar ta’lim-tarbiyasi eng muhim vazifa ekanligini ta’kidlab, o‘quvchilarni zamonaviy bilimlarni puxta egallashga, tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishga, mamlakatimiz hayotiga daxldorlik hissi bilan yashashga chaqirdi.

Uchrashuvda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan illatlar, internet orqali kirib kelayotgan tahdid va xatarlar, yoshlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlarga ham e’tibor qaratildi. Akademiya boshlig‘i davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish to‘g‘risidagi qarorining dolzarb ahamiyatiga to‘xtaldi. Mazkur qaror bilan hududlarda yangi tizim joriy qilinayotgani, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka barham berish ustuvor vazifa ekanligi qayd etildi.

Samimiy ruhda o‘tgan tadbir so‘nggida ta’lim-tarbiya ishlarini yanada jonlantirish, o‘quvchilarning kasbga sadoqatini oshirish, ular qalbida yurt kelajagi uchun daxldorlik hissini yuksaltirish, ularni buyuk ajdodlarimizga munosib vorislik ruhida tarbiyalash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, bir guruh fidoyi o‘qituvchi-murabbiylar hamda tengdoshlariga namuna bo‘layotgan o‘quvchilar IIV akademiyasi nomidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech