Magistratura tinglovchilari uchun tashkil qilingan mashg‘ulot “Xavfsizlikni ta’minlashda politsiya tuzilmalarining o‘rni” mavzuiga bag‘ishlandi.
Rossiya Federatsiyasi IIV Boshqaruv akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan onlayn mashg‘ulot davomida mavzuning nazariy jihatlari xorij tajribasi misolida tushuntirib o‘tildi.
* * *
IIV akademiyasida tizimdagi harbiy safarbarlik bo‘linmalari boshliqlari uchun qisqa muddatli o‘quv seminar tashkil qilindi.
Ikki kun davomida harbiy safarbarlik bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazilib, shaxsiy tarkibning jangovar shayligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
* * *
Saf maydonida safdor, serjant va ofitserlar tarkibi xodimlari uchun saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Jismoniy va jangovar tayyorgarlik guruhi tomonidan tashkillashtirilgan mashg‘ulotlar davomida xodimlarning safda harakatlanish ko‘nikmalari oshirildi. Shuningdek, malakali o‘qituvchi-murabbiylar tomonidan saf qoidalarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati