IIV akademiyasi magistrlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib qaytishdi.
Xorij safari ikki tomonlama hamkorlik doirasida ushbu mamlakatning ilg‘or yutuqlarini o‘rganish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida amalga oshirildi.
Safar davomida qisqa muddatli trening tashkil qilindi. Malakali mutaxassislar tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, zamonaviy boshqaruvni tashkil etish kabi yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, tinglovchilar ixtisoslashgan muassasalarda bo‘lib, politsiya tizimida qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan tanishdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati