Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Akademiya xotin-qizlari “Zakovat”da bellashdi

13 Fevral 2025, 07:02

67

Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Bilimlar bellashuvi turli jabhalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga motivatsiya ulashish, ular o‘rtasida kitobxonlikni yanada ommalashtirish, bilimli, faol, tashabbuskor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilindi.

Intellektual o‘yinda kafedra va bo‘limlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar hamda kunduzgi ta’lim kursantlari qatnashdi. Bilim, dunyoqarash va zukkolikni charxlovchi bellashuv yakunida 13 jamoa orasidan eng topqirlar saralab olindi.

Shunga ko‘ra, birinchi o‘rin saf qismi ofitserlariga, ikkinchi o‘rin Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi jamoasiga hamda uchinchi o‘rin Ma’muriy huquq kafedrasi jamoasiga nasib qildi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech