18-19-may kunlari Mudofaa vazirligiga qarashli “Chirchiq” poligonida o‘q otish bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan soha xodimlarining kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada vazirlik tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqa nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar “Kalashnikov” avtomatidan nishonga o‘q uzish bo‘yicha merganlik mahoratlarini namoyish etdilar. G‘oliblar jamoaviy va shaxsiy birinchilik natijalari asosida saralab olindi.
Musobaqaning jamoaviy bahslarida Farg‘ona viloyati IIB vakillari birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Jizzax viloyati IIB xodimlari ikkinchi va IIV Akademiyasi jamoasi uchinchi o‘rinni band etdi. Quvonarlisi, Akademiya Harbiy tayyorgarlik kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Iskandar Boydadayev shaxsiy birinchilikda eng yaxshi natijalardan birini qayd etib, yakunda ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati