Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ilg‘or tajribalar o‘rganildi

29 Dekabr 2025, 07:12

74

IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchilari va professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘ldi.

Xorij safari politsiya tuzilmalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va samarali tizimlarni amaliyotga tatbiq qilish maqsadida tashkil etildi.

Qisqa muddatli safar davomida Istanbul politsiya boshqarmasining jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, kiberxavfsizlikni ta’minlash va boshqa yo‘nalishdagi faoliyati yaqindan o‘rganildi. Mahalliy mutaxassislar tomonidan amaliyotda qo‘llanilayotgan yondashuvlar, zamonaviy texnologiyalar, ularning imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Hududlarning kriminogen vaziyatini nazorat qilish, kibermakondagi tahdid va xatarlarni monitoring qilish, raqamli dalillar bilan ishlash, politsiya kuch va vositalarini boshqarish, xodimlarning kundalik xizmat faoliyatini nazorat qilish borasida yo‘lga qo‘yilgan tizimlar vakillarimizda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ikki tomonlama hamkorlikning amaliy ifodasi sifatida tashkil qilingan xizmat safari o‘zaro tajriba almashinuvini mustahkamlash va kelgusida izchil davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech