Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xorijiy tillar bilimdonlari

29 Dekabr 2025, 06:12

81

Jamoat xavfsizligi universitetida turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ingliz va rus tillari bo‘yicha fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Unda IIV akademiyasi, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jamoat xavfsizligi universitetida ta’lim olayotgan kursantlar qatnashdi.

Ishtirokchilarning bilim salohiyati test sinovi, bayon yozish, nutq ravonligi va boshqa shartlar asosida tajribali mutaxassislardan iborat hay’at a’zolari tomonidan baholab baorildi.

Olimpiada yakunida IIV akademiyasi kursantlari ingliz tili bo‘yicha “Eng ravon nutq”, rus tili bo‘yicha esa “Eng yaxshi ijodiy ish” nominatsiyalarini qo‘lga kiritib, diplom hamda esdalik kitoblar bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech