Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Uch avlod uchrashuvi

16 Avgust 2024, 10:08

226

IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim 1-o‘quv kursi kursantlari uchun IIV O‘quv-dala markazida ko‘p yillik mehnat faoliyati bilan tizim ravnag‘iga hissa qo‘shgan va ustozlik maqomiga erishgan bir guruh faxriylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Tadbirda IIV faxriylar kengashi aʼzolari isteʼfodagi polkovniklar Avaz Azizxo‘jayev, O‘tkir Axmedov va isteʼfodagi podpolkovnik Ibroxim Do‘ltayevlar kursantlarga ichki ishlar organlarida xizmat qilishning masʼuliyatli va sharafli jihatlarini aytib o‘tishdi.

Muloqot davomida faxriylar kursantlarga zarur maslahatlar berishdi. Taʼlim muassasasida “ustoz-shogird” anʼanalarining samarali yo‘lga qo‘yilgani, bilim olish, ilm bilan shug‘ullanish, kelgusida yetuk malakali mutaxassis kadr bo‘lish uchun yaratilgan keng imkoniyatlarda unumli foydalanish kerakligini taʼkidlandi.

Tadbir davomida vazirlikning Yoshlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari ham kursantlar bilan muloqot qilib, tizimda yoshlarga yaratib berilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech