Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari tushuntirildi

02 Oktyabr 2025, 09:10

34

Bugungi kunda ichki ishlar organlari faoliyatiga raqamli texnologiyalar keng joriy qilinmoqda.

IIV akademiyasida ayni yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda vazirlik Tashkiliy departamenti vakillari, kunduzgi ta’limning 2-o‘quv kursi kursantlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Amaliy mashg‘ulot tarzida o‘tgan tadbirda “102” va “E-material” tizimlarining ishlash tartibi va afzalliklari, “Call-markaz”lar faoliyati, raqamli texnologiyalarning tizim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati, kelgusida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida kursantlar yangi tizimlar imkoniyati bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech