Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ta’limdagi hamkorlik – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga xizmat qiladi

04 Noyabr 2025, 10:11

32

IIV akademiyasi vakillari Jamoat xavfsizligi universiteti faoliyati bilan tanishdi.

Aytish joizki, bugungi kunda o‘quv muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. O‘zaro tajriba almashinuvi huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun professional kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda. Galdagi tanishuv universitet faoliyatidagi yutuqlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Akademiya rahbari Rustam Xatamov boshchiligidagi bir guruh vakillar universitetdagi yangilanishlar, ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan ilg‘or yondashuvlar, o‘quv binolari, amaliy mashg‘ulot xonalari, sport majmuasi va boshqa maskanlarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Bugungi kunda universitetda ikki bosqichli ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bakalavriatda 15 ta, magistraturada esa 8 ta yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi joriy qilingan. O‘quv dargohida 200 nafardan ziyod professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Yana bir jihati, universitetda umumfuqaroviy asosda kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, talabalarga yurisprudensiya, iqtisodiyot va psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi.

Tanishuv chog‘ida o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatni tashkil etish, bitiruvchilarning fanlarni o‘zlashtirganlik ko‘rsatkichlari va kasbiy tayyorgarligini baholash, xorijiy davlatlar yutuqlarini amaliyotga joriy etish, ta’limni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan markazlarning imkoniyatlari o‘rganildi. Akademiya vakillariga keyingi yillarda erishilgan natijalar va istiqboldagi strategik maqsadlar haqida ma’lumot berildi.

O‘quv muassasalari rahbarlari ta’limda qo‘llanilayotgan yondashuvlarni ommalashtirish, zamonaviy xatarlarni inobatga olgan holda ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitishni chuqurlashtirish, ikki tomonlama hamkorlikni va tajriba almashinuvini yanada kengaytirishga kelishib oldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech