IIV akademiyasida “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil qilindi.
Ichki ishlar organlari tizimida kitobxonlikni yanada ommalashtirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda milliy va jahon adabiyoti namunalari taqdim etildi. Yarmarka davomida badiiy va huquqiy adabiyotlar, tarixiy asarlarga qiziqish yuqori bo‘ldi.
* * *
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi.
Sayyor darslar doirasida tashkil etilgan bellashuvda IIV akademiyasi kursantlari jadid bobolarimizning hayoti va ijodi haqidagi bilimlarini boyitdilar. Tadbir yakunida eng faol yoshlarga turfa xil kitoblar sovg‘a qilindi.
* * *
Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali talabalari IIV akademiyasida tashkil qilingan “Ochiq eshiklar kuni” mehmoni bo‘ldi.
Shu kuni talabalar akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishib, ixtisoslashgan ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos jihatlari, kursantlar bilan olib borilayotgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, ular uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar haqida keng taassurotga ega bo‘lishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati