Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlarimiz muvaffaqiyatli qatnashdi

04 Noyabr 2025, 09:11

54

Qozog‘istonning Qustanoy shahrida qo‘l jangi bo‘yicha Ruslan Muqanov XV xotira turniri bo‘lib o‘tdi.

An’anaviy turnirda O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Qozog‘istondan 300 nafarga yaqin huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar hamda turdosh ta’lim muassasalari vakillari qatnashdi.

Musobaqa davomida mahoratli murabbiy Muxtor Yetmishboyev boshchiligidagi IIV akademiyasi kursantlari ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. Jumladan, Olimjon Qarshiboyev (62 kg) birinchi o‘rinni egallab, turnirning eng yaxshi sportchisi deb topilgan bo‘lsa, Mahmudjon Davurov (+73 kg) ikkinchi, Bekzod Maratov (+70 kg) esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Quvonarlisi, kursantlarimiz musobaqani umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rin bilan yakunlashdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech