Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

O‘zaro tajribalar almashildi

05 Noyabr 2025, 10:11

31

IIV akademiyasi vakillari Huquqni muhofaza qilish akademiyasida yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or yondashuvlar bilan tanishdi.

Dastlab ta’lim muassasalari rahbarlari o‘zaro muloqot qilib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda tajriba almashinuvining ahamiyati, ayni yo‘nalishdagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashdi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’limga mamlakat taraqqiyotining tayanchi sifatida e’tibor qaratilayotgan hozirgi sharoitda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini zamonaviy kadrlar bilan takomillashtirib borish muhimligi ta’kidlandi.

“Akademiyamizda ta’limni amaliyot bilan uzviy holda tashkil etish maqsadida samarali mexanizmlar joriy qilingan. O‘quv jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda. Ixtisoslik kafedralarimiz hududlardagi ichki ishlar organlariga biriktirilgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan bitiruvchilarimiz faoliyati muntazam monitoring qilib boriladi. Ma’lumki, amaliyotda malakali mutaxassis kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Shu bois, milliy va xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda ta’lim sifatini yanada oshirishni maqsad qilganmiz” – dedi IIV akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov.

Uchrashuvdan so‘ng akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mehmonlarga bakalavriat va magistratura bosqichlari, mutaxassislik yo‘nalishlari, ta’lim dasturlari, dars mashg‘ulotlarida qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar, ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlari, xalqaro hamkorlik aloqalari, shuningdek o‘quv xonalarida yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik bazani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

IIV akademiyasi boshlig‘i ta’limni raqamlashtirish, mashg‘ulotlarda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, amaliyot xodimlarini masofaviy o‘qitish, kiberxavfsizlik yo‘nalishida kadrlar tayyorlashga qaratilgan yangiliklarni o‘rganib, ilg‘or jihatlarni ommalashtirish zarurligini qayd etdi.

Tomonlar hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar. 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech