Ayni mavzudagi mashg‘ulotlarning navbatdagisi 26-27-fevral kunlari Sirdaryo viloyatida tashkil qilindi.
Tadbir ochilishida Inson huquqlari milliy markazi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan o‘quv kurslarining ahamiyati ta’kidlab o‘tildi. Shundan so‘ng ichki ishlar, prokuratura va sud organlari vakillaridan iborat tinglovchilar uchun inson huquqlarini ta’minlash va qiynoqlarning oldini olishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarni Inson huquqlari milliy markazi mutaxassislari, oliy sud sudyalari, shuningdek, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari olib bordi. O‘quv kursi yakunida tinglovchilardan test sinovi qabul qilinib, ularga sertifikatlar topshirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati