Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qiynoqqa qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba

25 May 2024, 07:05

489

23-24-may kunlari Xorazm viloyatida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etildi. 

Ikki kun davomida ichki ishlar va prokuratura tizimi xodimlari inson huquqlariga oid hujjatlarning mazmun-mohiyati, qiynoqqa solish holatlarining oldini olish, bu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari, sohaga doir xalqaro va milliy standartlar, xususan, Nelson Mandela qoidalari, mahbuslar huquqlarini ta’minlash kafolatlari, aybsizlik prezumpsiyasi hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarda ma’ruza tingladilar.

Mashg‘ulotlar Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Malaka oshirish instituti, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutining tajribali mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Seminar yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikat berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech