Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda mutasaddi rahbarlar, “mahalla yettiligi” tizimi vakillari, hududlarga biriktirilgan IIV akademiyasi mas’ullari va boshqalar qatnashdi.
Ishchan ruhda o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar qarorda belgilab berilgan ustuvor vazifalar mahallalarning kriminogen vaziyatini barqarorlashtirish, aholi bilan manzilli ishlash orqali huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, bu boradagi ishlarni hamjihatlikda tashkil etishda dolzarb ahamiyat kasb etganini ta’kidlab o‘tishdi.
Yig‘ilishda qaror asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xarita”lar ijrosi tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar aytib o‘tilib, mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilik omillarini kamaytirish, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish va boshqa muhim yo‘nalishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati