IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi bilan hamkorlik dasturi doirasida Akademiyaga maxsus kriminalistik laboratoriya avtomashinasi keltirildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad ta’lim jarayonida kursantlarning bilim salohiyatini mustahkamlash, ularning hodisa sodir bo‘lgan joyda mustaqil kriminalistik tadqiqotlar o‘tkazishlarini ta’minlash orqali amaliy ko‘nikmalarini oshirishdir.
Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi a‘zolarining ta’kidlashicha, jinoyatlarning oldini olish, fosh etish va tergov harakatlari o‘tkazishda kriminalistik vositalardan foydalanish katta ahamiyat ega. Maxsus jihozlangan ko‘chma laboratoriya zarur texnik vositalar bilan jihozlangan bo‘lib, mashg‘ulotlarni sifatli o‘tkazishda qulaylik yaratadi.
Tadbirda Ekspert-kriminalistika bosh markazi vakillari, ixtisoslashgan kafedra professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan mobil kriminalistik laboratoriyaning imkoniyatlari batafsil tushuntirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati