Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Jinoyat qonunchiligini liberallashtirish istiqbollari

24 Fevral 2022, 10:02

1220

24-fevral kuni IIV Akademiyasining Jinoyat huquqi kafedrasi tomonidan “Jinoyat qonunchiligini liberallashtirish choralari” mavzusida ilmiy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda jinoyat qonunchiligini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash orqali jinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini amaliyotga joriy etish masalalari haqida so‘z bordi.

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan mazkur sohani ilmiy jihatdan tadqiq etish istiqbollari, bu borada ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, dolzarb mavzudagi dissertatsiya ishlari natijalarini amaliyotga joriy qilish, ilmiy tadqiqot ishlarini tayyorlash va rasmiylashtirishda Akademiyadagi mavjud ilmiy maktablarning ahamiyati atroflicha tushuntirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech