Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston sharoitida yuridik fan va ta’limni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

01 Noyabr 2025, 03:11

41

IIV akademiyasida “Yuridik fan va huquqiy ta’lim rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Gibrid formatda o‘tkazilgan tadbirda manfaatdor idora va tashkilotlar, shuningdek mamlakatimiz hamda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlarning yigirmadan ziyod ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnashdi.

Konferensiyada yuridik fan va ta’lim oldida turgan dolzarb muammolar, ularning yechimlari va zamonaviy tendensiyalari, bu borada ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari qizg‘in muhokama qilindi.

Olimlarning “Huquqiy ta’limda sun’iy intellektni qo‘llashning ayrim jihatlari”, “Globallashuv sharoitida yuridik fan va huquq ta’limining transformatsiyasi”, “Yangi O‘zbekistonda malakali sudyalar korpusini shakllantirishning zamonaviy tendensiyalari”, “Huquq sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishning dolzarb masalalari”, “Huquqiy ta’limda yuridik til va terminologiya” hamda boshqa dolzarb mavzudagi ma’ruzalari tinglandi.

Yalpi majlis va sessiyalar tarzida o‘tgan konferensiya davomida Yangi O‘zbekiston sharoitida yuridik fan va ta’limni rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan muhim taklif hamda tavsiyalar bildirildi. Ishtirokchilar konferensiya natijalari asosida to‘plam tayyorlash va ilg‘or yondashuvlarni ommalashtirishga kelishib oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech