Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Islohotlar va taraqqiyotimizning asosiy to‘sig‘i

30 Oktyabr 2025, 09:10

48

IIV akademiyasi magistraturasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Agentlik rahbari mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, erishilayotgan natijalar, bu o‘rinda agentlik va uning quyi bo‘g‘inlari faoliyatiga batafsil to‘xtaldi.

Keyingi yillarda muhtaram Prezidentimizning qat’iy irodasi va sa’y-harakati bilan korrupsiyaga qarshi kurashish eng ustuvor vazifaga aylangani, sohaning huquqiy asoslari mustahkamlanib, samarali tizimlar joriy qilingani, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifa hamda vakolatlar belgilab berilgani, muhimi, islohotlar izchil davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

Davra suhbatida ushbu illatga tag-tomiri bilan barham berish, jamiyatda korrupsiyadan xoli muhit yaratish, ochiqlik va shaffoflik darajasini oshirish, aholi o‘rtasida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish, bu borada davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlarining samarali faoliyatini ta’minlash yuzasidan mulohazalar, yechimini kutayotgan muammolar bo‘yicha takliflar aytib o‘tildi.

Shu bilan birga, ichki ishlar organlari tizimida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda rahbar kadrlarning o‘rni va ahamiyati tushuntirilib, tinglovchilarga zarur tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech