Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Zamonaviy rahbarlik va boshqaruv mahorati” qisqa muddatli o‘quv kursi yakunlandi

05 Iyun 2022, 02:06

1864

IIV Akademiyasining magistratura tinglovchilari Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan o‘quv kursida ishtirok etishdi.

O‘quv kursi davlatimiz rahbarining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosidan kelib chiqqan holda ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

30 may – 4 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda malakali mutaxassislar tomonidan “Rahbar axloqi va madaniyati”, “Tanqidiy tahlil va qarorlar qabul qilish”, “Ijro samaradorligini oshirish (ijroni boshqarish)”, “Hududlarning rivojlanishini boshqarish”, “Rahbar va tashkilot nufuzini shakllantirish”, “Jamoada ishlash samaradorligini oshirish”, “Rahbarning emotsional va sotsial intellekti” kabi mavzular yoritildi. Shuningdek, tinglovchilarning rahbarlik mahorati va boshqaruvga doir kasbiy ko‘nikmalarini yuksaltirishga qaratilgan treninglar o‘tkazildi.

O‘quv kursi yakuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adxam Bekmurodov ishtirok etib, tinglovchilarga sertifikatlarni topshirdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech