IIV akademiyasi magistraturasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.
Tinglovchilar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan tadbirda institut direktori o‘rinbosari Shafoat Nurullayeva yig‘ilganlar bilan muloqot qildi.
Davra suhbatida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, global sharoitda barqaror o‘sish va farovonlikka erishish tendensiyalari, bu borada O‘zbekiston ichki va tashqi siyosatining ustuvor jihatlari, xalqaro munosabatlarning joriy holati va istiqbollari, shuningdek Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari xususida fikr almashildi.
Global jarayonda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan mulohazalar bildirilgan tadbir davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati