Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

27 Fevral 2023, 08:02

1256

Ichki ishlar organlari tizimida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovi sovrindorlari taqdirlandi. Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi vakillari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi faollari ishtirok etdi.

  Aytish joizki, ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi 22-23-fevral kunlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilib, unda hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan o‘ttiz nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Yosh kitobxonlar “Badiiy asar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob” hamda “Buyuk mutafakkir va adib” turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Qizg‘in ruhda o‘tgan tanlovning 15–19 yoshdagi ishtirokchilari o‘rtasida birinchi o‘rin IIV Akademiyasi kursanti Kamronbek Ismoilovga, ikkinchi o‘rin IIV Samarqand akademik litseyi o‘quvchisi Sevinch Obrievaga, uchinchi o‘rin esa IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyi o‘quvchisi Javohir Muhitovga nasib qildi. Shuningdek yosh xodimlar (20–30 yosh) o‘rtasida kechgan tanlovda faxrli o‘rinlarni Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB katta inspektori, kapitan Azamat Axmatov, IIV Akademiyasi o‘qituvchisi, kapitan Odilbek O‘rinov va Andijon viloyati IIB JXX HPB psixologi, leytenant Karimjon Abdurahmonov egalladi. G‘olib va sovrindorlar diplom, pul mukofoti, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan an’anaviy ravishda o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar yosh avlodning intellektual salohiyati, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyatini oshirish bilan birga, iqtidorli yoshlar safini kengaytirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech