Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Murabbiy va hakamlar uchun o‘quv-seminar

19 Dekabr 2025, 06:12

49

16–18-dekabr kunlari IIV akademiyasida aralash jang san’ati murabbiylari va hakamlari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv-seminarga respublikamizning barcha hududlaridan 200 dan ortiq murabbiy va hakamlar jalb qilindi.

Ishtirokchilar sportchilarni professional darajada tayyorlash, janglarni yuqori saviyada boshqarish, odilona hakamlik qilish, ziddiyatli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, etika qoidalariga rioya qilish va boshqa mezonlar bo‘yicha bilim hamda tajribalarini oshirdilar. Shuningdek poytaxtimizdagi “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilinib, yakunda sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan murabbiy va hakamlarga sertifikat topshirildi.

O‘quv-seminar bilim va tajribalarni almashish, xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarni yuqori saviyada tashkillashtirish, aralash jang san’atini yanada ommalashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech