Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati tushuntirildi

15 Noyabr 2022, 07:11

930

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan davra suhbati sirqti ta’lim yo‘nalishi tinglovchilarining huquqiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Dilfuza Abdullayeva mavzuga batafsil to‘xtaldi.

Xususan, kodeksda belgilangan yangi normalarning ahamiyati, qo‘shimcha imtiyoz va imkoniyatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Mutaxassis yangi kodeksni ishlab chiqishda ko‘plab davlatlarning tajribasi va Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari o‘rganilgani, muhimi, xodim va ish beruvchining huquq hamda majburiyatlari to‘liq jahon standartlariga moslashtirgan holda belgilab qo‘yilganini alohida ta’kidladi.

Davra suhbatida Akademiyaning Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi vakillari ham so‘z olib, yangi tahrirdagi qonunchilikda ichki ishlar organlarida mehnat munosabatlarini tashkil etishga qaratilgan normalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech