IIV akademiyasida malaka oshirayotgan inspektor-psixologlarga xizmat intizomiga oid talablar yetkazildi.
ShXBBning ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan ilchil islohotlar, soha xodimlariga qo‘yilayotgan talab va mezonlar xususida so‘z bordi.
Bo‘lim vakillari tizim obro‘yiga putur yetkazayotgan ayrim holatlarga to‘xtalib, har bir xodim ichki ishlar organlariga qabul qilingan kundan boshlab xizmat intizomiga qat’iy rioya etishi, xizmatdan tashqari vaqtlarda odob-axloq qoidalariga amal qilishi, turli nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi kerakligini ta’kidlab o‘tishdi.
Profilaktik tadbirda korrupsiya va suiiste’molchilikni keltirib chiqaruvchi vaziyatlar haqida ham tushuncha berilib, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tinglovchilarga tavsiyalar berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati