Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Vakillarimiz hisobida 2 ta oltin, 1 ta bronza medallari

22 Avgust 2022, 07:08

612

19-22 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk viloyatida dzyudo faxriylari o‘rtasida mamlakat ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada mezbon jamoadan tashqari, Tojikiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston va O‘zbekiston vakillaridan iborat to‘rt yuz nafarga yaqin ishtirokchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.

Terma jamoamiz tarkibida Jamshid Fayziyev, Rustam Saidov, shuningdek IIV Akademiyasidan Dilshod Choriyev va Sergey Petryaninlar tatamiga chiqdilar. Musobaqa yakuniga ko‘ra, 81 kilogramm vazn toifasidagi ishtirokchilar o‘rtasida Sergey Petryanin barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. 100 kilogramm vaznga ega dzyudochilar bahsida esa yana bir vakilimiz Dilshod Choriyevga ham teng keladigan raqib topilmadi. Turnir davomida terma jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalini Rustam Saidov (90 kg) qo‘shib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Polsha mamlakati dzyudo faxriylari o‘rtasidagi navbatdagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Mazkur nufuzli musobaqada ham terma jamoamiz vakillariga omad tilaymiz.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech