Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tergov organlarining sudga qadar hamkorligi: mutaxassislar nima deydi?

01 Iyun 2024, 08:06

561

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ishni sudga qadar yuritishda tergov organlarining hamkorligi: nazariya va amaliyot” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Manfaatdor vazirlik, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda tashkil qilingan anjumanda soha mutaxassislari, ekspert va olimlar, akademiyaning ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda “tergov faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi va amaliyot organlari uchun dolzarb ahamiyati ta’kidlab o‘tildi. Asosiy ma’ruzachilar so‘z olib, “Tergovga qadar tekshiruvda sohaviy xizmatlarning hamkorligini tashkil etish”, “Jinoyat ishlarini tergov qilishda maxsus bilimlardan foydalanish”, “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etishda hamkorlikning o‘rni”, “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda tergov va jinoyat-qidiruv organlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash”, “Tergov idoralarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan hamkorligini takomillashtirish” mavzularidagi chiqishlari, fikr-mulohazalari tinglandi.

Anjuman ishtirokchilari soha faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni amaliyotga joriy qilish, konferensiya yakunlari bo‘yicha ilmiy maqolalar to‘plamini chop etishga kelishib oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech