Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
IIV Akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi.
Mavzu doirasida so‘zga chiqqanlar yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash sohasining tashkiliy-huquqiy asoslari, tizimga joriy qilinayotgan zamonaviy texnologiyalar, yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qoidabuzarliklar uchun belgilangan chora-tadbirlar, transport vositasini boshqarishda haydovchilarning javobgarligi va mas’uliyatini oshirish, mazkur sohada amaliyotga tatbiq etilishi kutilayotgan yangi mexanizmlar haqida to‘xtalib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati