Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sohaviy xizmat rahbarlarining malakasi oshirilmoqda

02 Noyabr 2022, 02:11

938

Hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun qisqa muddatli o‘quv yig‘ini tashkil etildi.

O‘quv yig‘inining dastlabki kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan  “Tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatini samarali tashkil etish usullari” mavzuida binar ma’ruza, “Ichki ishlar organlari xodimlarining xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar”, “Rahbarning jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitga ta’siri, xodimlar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga keltirishdagi roli” mavzularida seminar-trening, shuningdek “Rahbarning omma ongi bilan ishlash metodlari, ommaviy axborot vositalari
va blogerlar bilan ishlash texnikalari” mavzuida ijtimoiy-psixologik trening o‘tkazildi. Shundan so‘ng Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha tajribalari o‘rganildi.

Ta’kidlash joizki, 4-noyabrga qadar davom etadigan o‘quv yig‘ini mobaynida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida seminar-treninglar, Toshkent shahar IIBB, Bo‘stonliq tumani hamda Angren shahri IIBda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish nazarda tutilgan. O‘quv yig‘ini yakunida xodimlardan sinov qabul qilinadi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech