Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sirtqi ta’lim: samarali yondashuvlar tatbiq qilinmoqda

07 Noyabr 2022, 09:11

1111

Bugun, 7-noyabr kunidan Akademiyaning sirtqi ta’lim yo‘nalishi 2-bosqichiga qabul qilingan tinglovchilar uchun o‘quv jarayonlari boshlandi.

Sirtqi ta’lim fakulteti boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Rajabovning aytishicha, o‘quv yili rejasi asosida oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tinglovchilar bilan 84 soat, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan tinglovchilar bilan 60 soat mashg‘ulot tashkil etiladi. Mashg‘ulotlarga tajribali professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tajribali mutaxassislarini jalb etish rejalashtirilgan.

2022/2023-o‘quv yilining birinchi yarim yilligi yakunida tinglovchilardan “Jinoyat-protsessual huquqi”, “Jinoyat huquqi”, “Kriminalistik taktika va metodika”, “Tezkor-qidiruv faoliyati”, “Mehnat huquqi”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “Harbiy-xizmat tayyorgarligi”, “Maxsus texnika va aloqa vositalari”, “Pedagogika. Psixologiya”, “Dinshunoslik. Diniy aqidaparastlik ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”, “Kriminalistika“, “Kriminologiya”, “Sud tibbiyoti va psixiatriyasi”, “Birinchi tibbiy yordam asoslari va valeologiya” hamda “Amaliy o‘zbek tili va adabiyoti” fanlari bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlari qabul qilinadi.

O‘quv jarayonlari joriy yilning 26-noyabriga qadar davom etadi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech