Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Samarali parlament nazorati mexanizmlarini joriy etishning dolzarb masalalari

18 May 2022, 10:05

1429

Toshkentda Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan “Samarali parlament nazorati mexanizmlarini joriy etishning dolzarb masalalari: O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Xalqaro tashkilotlar vakilllari, xorijiy va milliy ekspertlar ishtirok etgan anjumanda dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Parlament nazoratini amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha ilg‘or tajribalarning o‘ziga xos jihatlari, xususan, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar e’tirof etildi. Sohadagi mavjud muammolar tahlil qilinib, ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Konferensiya ishida IIV Akademiyasi vakili, yuridik fanlar doktori, professor Ahror Xudoyberdiyev “Parlament nazoratini hududlarda amalga oshirishning huquqiy jihatlari” mavzuidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech