Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qonuniylikka qat’iy amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi

26 Oktyabr 2022, 08:10

903

IIV Akademiyasining sirtqi ta’lim yo‘nalishi tinglovchilari ishtirokida korrupsiyaning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.  

“Yangi O‘zbekistonni korrupsiyadan xoli mamlakatga aylantirishda birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda korrupsiviy holatlarning davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdidlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

So‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda mazkur tizimda amalga oshirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy negizlarini mustahkamlash borasidagi tizimli ishlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Ta’kidlanganidek, ushbu illatga qarshi kurashish jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishni taqozo etadi. Mamlakatimizda ulkan yangilanishlar amalga oshirilayotgan hozirga davrda korrupsiya masalasiga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan korrupsiya va unga imkon beruvchi omillarni bartaraf etishda ta’sirchan huquqiy mexanizmlar amalga oshirilishi kerak.

Tadbirda ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish orqali xodimlarning kasbiy fazilatlarini yuksaltirish, korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning barvaqt oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi. Tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan sohadagi qonunchilikning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech