Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

PENITENSIAR TIZIMNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

30 Noyabr 2022, 10:11

1360

IIV Akademiyasida “Islohotlar davrida penitensiar tizimni innovatsion rivojlantirish masalalari” mavzuida  respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya avvalida ta’lim muassasasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Ziyodullayev so‘z olib, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtaldi. 

So‘zga chiqqanlar “Jazoni ijro etish tizimining innovatsion rivojlantirish – zamon talabi”, “Penitensiar tizimning profilaktik faoliyatida innovatsiyaning o‘rni”, “Mahkumlarni afv etishning qonunchilik asoslarini takomillashtirish”, “Jazoni ijro etish muassasalarida marketing va axborot texnologiyalarini joriy etish: natija va istiqbollar”, “Jazoni ijro etish joylarida mahkumlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash yuzasidan nazorat”, “Ichki ishlar organlari penitensiar tizimida innovatsiya texnologiyalarini qo‘llash masalalari” mavzularida ma’ruza qilishdi.

– O‘tgan davr mobaynida penitensiar tizimni tubdan isloh qilish va xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi, – deydi  Akademiyaning Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi boshlig‘i, polkovnik Abdukarim Shodiyev. – Aytish joizki, jinoyat va jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish sud-huquq tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Soha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjuman ayni shu masalalarning yechimiga ham xizmat qiladi.

Mutasaddi organlar vakillari, soha mutaxassislari, ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot markazlari xodimlari ishtirok etgan anjumanda tizim faoliyati samaradorligiga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech