Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi: natija va istiqbol

04 Noyabr 2022, 09:11

1537

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining jamoat xavfsizligi konsepsiyasi hamda 2022-2025-yillarda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi izchil amalga oshirilmoqda.

IIV Akademiyasida Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi: natija va istiqbol” mavzusiga bag‘ishlandi. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya, IIV Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi hamda “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi, shuningdek qator oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etgan anjumanni IIV Akademiyasi boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Ruftullo Nigmatov ochdi.

Ilmiy-amaliy konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati F. Ashmatov “Jamoat xavfsizligini huquqiy ta’minlashning bugungi holati va istiqbollari”, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Sh. Ibragimov “Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning samaradorligi”, Jamoat xavfsizligi universiteti katta o‘qituvchisi U. Sunnatov “Jamoat xavfsizligini ta’minlashda Milliy gvardiya bo‘linmalarining ichki ishlar organlari bilan hamkorligi: bugungi holati va istiqbollari”, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi dotsenti B. Akramxodjayev “Jamoat xavfsizligini ta’minlovchi subyektlarning aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilishda o‘zaro hamkorligi, IIV Akademiyasi dotsenti, podpolkovnik S. Sharipov “Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini yagona boshqaruv tamoyili asosida tashkil etish: bugungi holati va istiqbollar”, IIV “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari U. Kulanov “Xavfsiz shahar” kompleksini respublikamizda joriy etish: zarurati va istiqbollari”, Jamoat xavfsizligi universiteti professori I. Ismailov “Jamoat xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish istiqbollari” mavzuida ma’ruza qildi.

Soha vakillari va mutaxassislarning fikr-mulohazalari asosida bir qator taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech