IIV Akademiyasining Tashkiliy-shtab faoliyati kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida murojaatlar bilan ishlashning hozirgi holati tahlil qilindi.
Tadbirda kafedra boshlig‘i O.Matchonov, Akademiya boshlig‘i yordamchisi I.Himmatov so‘z olib, mazkur tizimning huquqiy asoslari, ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash faoliyati, murojaatlarni hal etishda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari haqida o‘z mulohazalarini bayon etdilar.
Muloqot davomida ichki ishlar organlariga jinoyat yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni hal etish tartibi, bu borada amaliyotda yo‘lga qo‘yilgan samarali tizimlar va amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar ta’kidlab o‘tildi. Kafedra qoshidagi “Yosh tahlilchilar” iqtidorli kursantlarga murojaatlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati