Ichki ishlar organlari uchun rahbar kadrlar tayyorlashda xorij tajribasining ilg‘or yutuqlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Akademiya magistraturasi tinglovchilari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi master-klass mashg‘ulotida Rossiya Federatsiyasi IIV Boshqaruv akademiyasi dotsenti, polkovnik Aleksey Bogdanov o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Onlayn mashg‘ulotda politsiya faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tamoyillari, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa turli tahdid va xavf-xatarlarning oldini olishda mavjud kuch hamda vositalarni samarali yo‘naltirish, shuningdek politsiya tuzilmalari faoliyatining tashkiliy jihatlari borasida ma’ruza qilindi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati